Kenguru - 2024 tanlovi qoidalari

18.03.2024

Kenguru - 2024 tanlovi qoidalari

1. Imtihon o’tkazilish vaqti javob varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat 15 daqiqa davom etadi.

2. Tanlov vazifalari 1 sinf bolalari uchun 15 ta, 2-4 sinflar uchun 24 ta savoldan, 5-11 sinf bolalari uchun esa 30ta vazifalardan tashkil topadi. Har bir savolga bor yo’g’i bitta to’g’ri javob mavjud. 

3. Vazifalar uch darajaga bo'lingan: 3 ball - oson, odatda quvnoq vazifalar; 4 ball - maktab dasturiga yaqin vazifalar; 5 ball qiyin, chuqur fikrlashga undaydigan vazifalar.

4. Belgilangan vazifaning doirasi va mazmuni uning to'liq bajarilishini talab qilmaydi; Vazifa savollariga maktab dasturidan tashqari savollardan ham tashkil topishi mumkin

5. Tanlov qatnashchisi eng ko’pi bilan 60 (1 sinf uchun), 96 (2-4 sinflar uchun), yoki 120 (5-11 sinflar uchun) ball yig’ishi mumkin.

6. Agarda bunga qattiq zarurat paydo bo’lgan bo’lsa, ishtirokchi qo’lini ko’tarib tashkilotchilarning yordami bilan galma-galdan xojatxonadan foydalanishlari mumkin. Xojatxonaga chiqich uchun ajratilgan vaqt tanlov o’tkazilish vaqtini uzaytirilishiga olib kelmaydi. 

7. Tanlov vazifalari ustida mustaqil va halol ravishda ishlash - musobaqa ishtirokchilariga qo’yilgan tashkilotchilarning asosiy talabi;

8. Ushbu talabga rioya etmaslik ishtirokchilarni tanlovdan chetlashtirilishlariga olib keladi, ya'ni ularning natijalari hisoblanmaydi. 

9. Tanlov yakunlanganidan so'ng, ism-familiya yozilgan javob varaqasi tanlov tashkilotchilariga topshiriladi. Hisob kitob uchun ishlatilgan varaq va tanlov vazifalari to’plamini tanlov ishtirokchi o’zi bilan olib ketishi mumkin. 

10. Ishtirokchilar tanlov natijalarini tanlovdan 1-1,5 oy o'tgach Olympia.uz veb-sayti orqali bilib olishadi.

 

Tanlov davomida o’quv qo’llanmalardan, konspektlardan, elekton hisoblagichlardan, boshqa elektron uskunalardan foydalanish va boshqa qatnashchilar bilan masalalarning yechimlarini va javoblarini muhokama qilish TAQIQLANADI

Tanlov o’tkazilishi rasman tugatilmagunga qadar tanlov o’tkazilayotgan joyni tark etish qat’iyan TAQIQLANADI

 

Eslatib o'tamiz, tanlov 26 mart kuni bo'lib o'tadi!

Tanlov soat 11:00 da boshlanadi.

Ro'yxatdan o'tish 10:00 da boshlanadi.