Ommaviy oferta shartnomasi

OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI

1. Umumiy qoidalar

1.1. Bundan buyon matnda "Ijrochi" deb yuritiluvchi, Ustav asosida ish ko‘ruvchi Bosh direktor F.B. Abdullayeva timsolidagi “OLYMPIA” MChJ ushbu Ommaviy oferta shartnomasini (bundan buyon matnda – Shartnoma) o‘z xohish-irodasini shaxsan yoki vakolatli vakili orqali bildirgan (O‘zR FK 129, 130, 131-moddalari), Ijrochining xizmatlaridan foydalanish istagini bildirgan har qanday shaxsga (nomuayyan shaxslar doirasiga) (bundan buyon matnda – Buyurtmachi) taklif sifatida yo‘llaydi.

1.2. Ushbu Shartnoma Ijrochining rasmiy taklifi – O‘zR FK 369-moddasi 2-qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi va Buyurtmachiga axborot xizmatlarini ko‘rsatishning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi. Axborot xizmatlarining to‘liq ro‘yxati, shuningdek to‘lov miqdorlari http://olympia.uz saytida e'lon qilingan.

1.3. O‘zR FK 370-moddasi 4-qismiga muvofiq, ushbu Shartnomada bayon etilgan shartlar qabul qilingan va Xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilgan taqdirda, ushbu ofertani akseptlagan yuridik yoki jismoniy shaxs Buyurtmachiga, Ijrochi va Buyurtmachi esa birgalikda — Ommaviy oferta shartnomasi Tomonlariga aylanadilar. Bunda Shartnoma har bir alohida holatda imzolanmasdan tuzilgan hisoblanadi, chunki ofertaning akseptlanishi Shartnomani quyida ko‘rsatilgan shartlar asosida tuzishga tenglashtiriladi.

1.4. Yuqorida bayon qilinganlar munosabati bilan, Buyurtmachi ushbu Oferta shartnomasi matni bilan mustaqil ravishda tanishib chiqishi shart va agar Buyurtmachi uning shartlari va qoidalari yoki shartlarining biron-bir bandi bilan rozi bo‘lmasa, Ijrochi Oferta shartnomasini tuzishdan va Ijrochi Xizmatlaridan foydalanishdan voz kechishni taklif qiladi.

2. Oferta predmeti

2.1. Ushbu Shartnomaga muvofiq, Ijrochi Buyurtmachiga tadbirlar, ya'ni turli tanlovlar, olimpiadalar va boshqa rivojlantiruvchi dasturlar (bundan buyon matnda - Xizmatlar) bilan bog‘liq bo‘lgan unga zarur axborot bo'yicha Xizmatlarni taqdim etadi. Mavjud tadbirlar ro‘yxati http://olympia.uz saytida joylashtiriladi.

2.2. Ijrochi Buyurtmachiga Xizmatlarni faqatgina u ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirda ishtirok etish uchun amaldagi tariflarga muvofiq to‘lovni amalga oshirgan hamda http://olympia.uz saytida yoki t.me/olympia_uz_bot telegram-boti orqali tasdiqlangan qoidalar va muddatlarga muvofiq tegishli elektron arizani topshirgan taqdirdagina ko‘rsatadi.

2.3. Buyurtmachi tomonidan tanlangan tadbir uchun to‘lovning amalga oshirilishi ushbu Oferta shartnomasining aksepti hisoblanadi.

3. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

3.1. Ijrochi majburiyat oladi:

  • 3.1.1. Xizmat ko‘rsatish uchun belgilangan shaklga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish ma'lumotlarini olgandan so‘ng Buyurtmachini ro‘yxatga olish.
  • 3.1.2. Xizmat uchun Buyurtmachi tomonidan to‘liq hajmda to‘lov amalga oshirilgan taqdirda, tanlangan tadbir bo‘yicha Buyurtmachiga Xizmatni taqdim etish.
  • 3.1.3. http://olympia.uz saytida taqdim etiladigan Xizmatlar ro‘yxati, tadbirlarni o‘tkazish shartlari va qiymati haqidagi ma'lumotlarni joylashtirish.
  • 3.1.4. Tadbirlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar va qo‘llanmalarni ta'minlash.
  • 3.1.5. Tadbirda ishtirok etganligi uchun belgilangan namunadagi sertifikatni berish.

3.2. Ijrochi huquqiga ega:

  • 3.2.1. Xizmatlar uchun belgilangan muddatlarda to‘lov amalga oshirilmaganda (to‘liq to‘lanmaganda), saytda o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tilmaganda yoki Xizmat ko‘rsatish uchun ariza taqdim etilmaganda, shuningdek tanlangan tadbirda ishtirok etish uchun to‘langan kvitansiyaning skaner qilingan nusxasi mavjud bo‘lmaganda va tadbirda ishtirok etish qoidalari buzilganda Buyurtmachiga Xizmat ko‘rsatishni rad etish.
  • 3.2.2. Taqdim etiladigan barcha Xizmatlar qiymatini bir tomonlama tartibda belgilash.
  • 3.2.3. Ushbu Shartnoma shartlarini bir tomonlama tartibda o‘zgartirish.
  • 3.2.4. Buyurtmachi saytda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida olingan ma'lumotlar, shu jumladan Buyurtmachining telefon raqami orqali Buyurtmachiga axborotlarni yetkazib berish.

3.3. Buyurtmachi majburiyat oladi:

  • 3.3.1. Saytda belgilangan narxlar, Xizmat turlari, ularni ko‘rsatish tartibi va muddatlari bilan mustaqil ravishda va o‘z vaqtida tanishish.
  • 3.3.2. Tanlangan Xizmatlar uchun to‘lov vaqtidagi belgilangan narxlarga muvofiq o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirish.
  • 3.3.3. Xizmat ko‘rsatilishi uchun o‘zini va/yoki o‘z ishtirokchilarini http://olympia.uz yoki t.me/olympia_uz_bot manzilida ro‘yxatdan o‘tkazish.
  • 3.3.4. Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zi yoki o‘z ishtirokchilari haqida, shuningdek o‘qish joyi to‘g‘risida belgilangan shaklda va ma'lum muddatlarda to'g'ri va ishonchli aloqa ma'lumotlarini ko‘rsatish.
  • 3.3.5. Tadbirda ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Ijrochining saytiga yoki botiga biriktirilgan to‘lov tizimlaridan biri - Click, Payme, Uzum orqali Ariza uchun to‘lovni amalga oshirish.

3.4. Buyurtmachi huquqiga ega:

  • 3.4.1. Ijrochidan ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq to‘langan Xizmatlarni olish.
  • 3.4.2. Ijrochidan tadbirlarni (kurslarni) o‘tkazish muddatlari va shartlari bilan bog‘liq to‘liq va ishonchli ma'lumotlarni olish.
  • 3.4.3. Ishtirok uchun Ijrochidan belgilangan namunadagi sertifikatni olish.

4. Xizmatlar qiymati

4.1. Tadbirlar bo‘yicha taqdim etiladigan Xizmatlarning qiymati Ijrochi tomonidan bir tomonlama tartibda belgilanadi va http://olympia.uz saytida joylashtiriladi. 4.2. Ijrochi taqdim etiladigan Xizmatlar narxlarini bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqiga ega, bu haqdagi ma'lumotlar saytda joylashtiriladi. 4.3. Yangi narxlar va to‘lov shartlarining kuchga kirish sanasi ularning http://olympia.uz saytida joylashtirilgan sanasi hisoblanadi.

5. Hisob-kitob qilish tartibi va muddatlari

5.1. Ijrochining Xizmatlari uchun to‘lov Buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida (so‘mda) Click, Payme va Uzum elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. 5.2. Xizmatlar Buyurtmachiga http://olympia.uz saytida e'lon qilingan to‘lov muddatlariga muvofiq, tanlangan tadbirlar qiymatining 100% (yuz foiz) oldindan to‘lovi sharti bilan taqdim etiladi. 5.3. To‘lov Ijrochining saytida yoki botida buyurtmani rasmiylashtirish jarayonida tegishli to‘lov tizimini (Click, Payme yoki Uzum) tanlash orqali amalga oshiriladi.

6. Maxsus shartlar va tomonlarning javobgarligi

6.1. Buyurtmachi Ijrochining Xizmatlari uchun amalga oshiriladigan to‘lovning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida bajarilishi hamda ro‘yxatga olish ma'lumotlarining haqiqiyligi uchun to‘liq javobgar bo‘ladi. 6.2. Ijrochi, Buyurtmachi tomonidan belgilangan talablar va qoidalar bajarilgan taqdirda, Xizmatlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgardir. 6.3. Ijrochi tomonidan ko‘rsatiladigan Xizmatlar doirasida Buyurtmachiga taqdim etiladigan ma'lumotlar faqat Buyurtmachi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uchinchi shaxslarga berilishi, ko‘paytirilishi, tarqatilishi, qayta yuborilishi, elektron, "qog‘oz" yoki boshqa shaklda Ijrochining qo‘shimcha kelishuvlari yoki rasmiy ruxsatisiz e'lon qilinishi mumkin emas. 6.4. Agar Shartnoma shartlarining buzilishi yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari, jumladan: davlat hokimiyati organlarining harakatlari, yong‘in, suv toshqini, zilzila, boshqa tabiiy ofatlar, elektr energiyasining yo‘qligi, ish tashlashlar, fuqarolik tartibsizliklari, isyonlar va boshqa sanab o‘tilganlar bilan cheklanmagan holda, Ijrochi tomonidan Shartnomaning bajarilishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa holatlar oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa, Ijrochi javobgarlikdan ozod qilinadi. 6.5. Ushbu Ommaviy oferta shartnomasi xizmatlar ko‘rsatilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma kuchiga ega. Qabul qilish tegishli dalolatnomani imzolamasdan amalga oshiriladi. Agar Xizmat ko‘rsatilgan paytdan boshlab o‘n kun ichida Buyurtmachi e'tiroz (da'vo) bildirmasa, Xizmatlar tegishli tarzda va to‘liq hajmda ko‘rsatilgan deb hisoblanadi.

7. Shartnomani tuzish, o'zgartirish va bekor qilish

7.1. Buyurtmachi tomonidan tanlangan tadbir uchun to‘lovning Ijrochi hisob raqamiga tushgan vaqti ushbu Shartnoma tuzilgan vaqt (lahza) hisoblanadi. 7.2. Buyurtmachi ushbu Ommaviy oferta shartnomasini ixtiyoriy ravishda tuzadi, bunda Buyurtmachi:

  • a) ushbu Shartnoma shartlari bilan to‘liq tanishib chiqqan;
  • b) ushbu Shartnoma predmetini to‘liq tushunadi;
  • v) ushbu Shartnomani tuzish va bajarishga nisbatan o‘z harakatlarining ahamiyati va oqibatlarini to‘liq anglaydi.

7.3. Buyurtmachi ushbu Shartnomani tuzish va bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha huquq va vakolatlarga ega. 7.4. Buyurtmachi istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda Ijrochi Xizmatlaridan voz kechish huquqiga ega. Buyurtmachi tomonidan Ijrochi Xizmatlaridan bir tomonlama voz kechilgan taqdirda amalga oshirilgan to‘lov qaytarilmaydi va boshqa Xizmatga o‘tkazilmaydi. 7.5. Ijrochi barcha o‘zgartirishlarni o‘z saytida e'lon qilish orqali istalgan vaqtda ushbu Shartnomaning har qanday shartlarini o‘zgartirish yoki to‘ldirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Agar e'lon qilingan o‘zgarishlar Buyurtmachi uchun qabul qilib bo‘lmaydigan bo‘lsa, u o‘zgarishlar e'lon qilingan paytdan boshlab 7 kun ichida bu haqda Ijrochini xabardor qilishi kerak. Agar xabarnoma kelib tushmasa, Buyurtmachi shartnomaviy munosabatlarda ishtirok etishni davom ettirmoqda deb hisoblanadi. 7.6. Agar ushbu Shartnomaning biron-bir sharti haqiqiy emas yoki qonunga xilof deb topilsa, yoxud O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq kuchga kira olmasa, bunday shart ushbu Shartnomadan olib tashlanadi va ushbu Shartnomada mavjud bo‘lgan dastlabki maqsadlarga maksimal darajada javob beradigan yangi qoida bilan almashtiriladi, bunda ushbu Shartnomaning qolgan qoidalari o‘zgarmaydi va o‘z kuchida qoladi. 7.7. Ushbu Shartnomada tartibga solinmagan barcha masalalar bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.

8. Ijrochining rekvizitlari

“OLYMPIA” MChJ

Pochta manzili: Toshkent sh., Mirobod tumani, A. Fitrat ko‘chasi, 159A-uy

To‘lov rekvizitlari:

  • Hisob raqami: 20208000600813054001

  • Bank: "ORIENT FINANS" XATB Yunusobod filiali

  • MFO: 01071

  • STIR (ИНН): 305130017

  • IFUT (ОКЭД): 70210

"OLYMPIA" MChJ yagona ta'sischisining 2024-yil 01-sentyabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan.