Mijozlarimizning shaxsiy ma'lumotlari ishonchli himoyalangan!

So'nggi paytlarda ba'zi ommaviy axborot vositalarida internet-do'kon foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlarining sizib chiqishi haqidagi materiallar paydo bo'la boshladi. Biz mijozlarimizni ishontirmoqchimiz! Ko'p yillar davomida bizning saytimizda hech qanday xavfsizlik muammosi sodir bo'lmadi. Olympia.uz sayti xakerlik hujumlari va shaxsiy ma'lumotlarning sizib chiqishidan ishonchli himoyalangan.

Xavfsizlikni ta'minlash uchun yana quyidagi ishlarni amalga oshiramiz:

1) Saytni yuqori tezlikda ishlaydigan, sertifikatlangan serverga joylashtirilgan.

2) Tizimda xavfsizlik yangilanishlarini zudlik bilan o'rnatamiz. Bundan tashqari, biz muntazam ravishda serverning dasturiy ta'minotini yangilab boramiz.

3) Bazadagi ma'lumotlarning kunlik (backup) nusxasini saqlab boramiz.

4) Biz tizim parollarini muntazam ravishda o'zgartiramiz.

5) Bundan tashqari, saytning administrativ bo'limi himoyalangan (faqatgina ruxsat berilgan IP manzil orqali kirish mumkin).