"Kangaroo" XALQARO TA’LIM TANLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM


"Kangaroo" XALQARO TA’LIM TANLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM


1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Nizom "Kenguru" xalqaro ta’lim tanlovini tashkil etish, o‘tkazish va natijalarini
baholash tartibini belgilaydi.
1.2. Tanlov tashkilotchisi "OLYMPIA" MChJ (keyingi o‘rinlarda – "Tashkilotchi").
Rasmiy veb-sayt: www.Olympia.uz.
1.3. Tanlov umumta’lim maktablarining 1–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish barcha xohlovchilar uchun ochiq bo‘lib, oldindan saralash talab etilmaydi.
Ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, o‘quvchilar va ularning ota-onalari (yoki qonuniy vakillari)
tomonidan qabul qilinadi. O‘quvchilarni majburan ishtirok ettirish taqiqlanadi.
1.4. Tanlovning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va
bilimlarini obyektiv baholash. Tanlov matematika va mantiqiy fikrlashga qiziqishni oshirishga
yordam beradi hamda bilimlarni qiziqarli shaklda sinab ko‘rish imkoniyatini yaratadi.
1.5. Tanlov har yili o‘tkaziladi va ishtirok etish ixtiyoriy hisoblanadi.
2. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
2.1. Tanlov ta’lim muassasalari bazasida, ularning ma’muriyati ko‘magida o‘tkaziladi.
2.2. Tanlovni tashkil etish uchun maktab direktori maktab koordinatori tayinlaydi.
2.2.1. Tashkilotchining vazifalari:
• Tanlovni o‘tkazish uchun zarur barcha materiallarni taqdim etish (savollar, javob
varaqalari, ishtirokchilar ro‘yxati, sovg‘alar, sertifikatlar).
• Tanlovni tashkil etish bo‘yicha maslahatlar berish.
• Materiallarni maktablarga belgilangan muddatlarda yetkazib berish.
2.2.2. Maktab koordinatorining vazifalari:
• Tanlovni tartibli va uyg‘un ravishda o‘tkazish.
• Tanlov o‘tkazish uchun xonalarni ajratish.
• Ishtirokchilarni Tashkilotchi taqdim etgan ro‘yxatga asosan xonalarga taqsimlash.
• Har bir xonada kuzatuvchilar bo‘lishini ta’minlash.
• Ishtirokchi ota-onalari uchun kutish joyini tashkil etish.
• Tashkilotchiga internetdan foydalanish va zarur hollarda hujjatlarni chop etish
imkoniyatini yaratish.
2.3. Tanlov sanasi va vaqti oldindan e’lon qilinadi va qat’iy amal qilinadi.
3. Tanlovni o‘tkazish tartibi
3.1. O‘zbekiston Respublikasida tanlovni "Olympia" MChJ va tanlangan maktablar tashkil
etadi.
3.2. Tanlov mart oyida, barcha ishtirokchilar uchun bir kunda o‘tkaziladi. Aniq sana har
yili "Olympia" MChJ tomonidan kamida 3 oy oldin belgilanadi va rasmiy veb-sayt
(www.Olympia.uz) orqali e’lon qilinadi.
3.3. Tanlov quyidagi sinflar bo‘yicha alohida variantlarda o‘tkaziladi:
1-sinf – 30 daqiqa, 15 ta savol;
2–4-sinflar – 75 daqiqa, 24 ta savol;
5–11-sinflar – 75 daqiqa, 30 ta savol.
Savollar murakkablik darajasiga qarab 3 (o‘yin-kulgi tusidagi), 4 (maktab dasturiga yaqin),
5 (murakkab, noodatiy) ballik tizimda baholanadi.
3.4. Savollar to‘plami xonalarda tanlov boshlanishidan oldin ochiladi.
3.5. Savollarni uyga olib ketish taqiqlanadi.
3.6. Ishtirokchilarga jamoaviy ishlash, tashqi yordam olish, kitob, daftar, internet va boshqa
tashqi manbalardan foydalanish, aloqa vositalari va har qanday texnik qurilmalardan foydalanish
taqiqlanadi.
3.7. Har bir savol bo‘yicha faqat bitta to‘g‘ri javobni tanlash kerak (A, B, C, D yoki E).
Noto‘g‘ri javob yoki bir nechta javob belgilansa – 0 ball.
To‘g‘ri javob – savol murakkabligiga qarab 3, 4 yoki 5 ball bilan baholanadi.
3.8. Javob varag‘i A4 formatdagi hujjat bo‘lib, ishtirokchining familiyasi, ismi, sinfi va IDkodi oldindan to‘ldirilgan bo‘ladi.
3.9. Agar ishtirokchi ikki yoki undan ortiq variantni belgilasa, javobi hisobga olinmaydi.
Javob varag‘ida tuzatishlar kiritish qat’iyan man etiladi.
3.9.1. Natijalar avtomatlashtirilgan tizim orqali tekshiriladi.
4. Natijalarni chiqarish
4.1. Barcha ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari beriladi. Bundan tashqari, har
bir ta’lim muassasasi va maktab koordinatori ishtirokni tasdiqlovchi minnatdorchilik sertifikatini
oladi.
4.2. Ishtirokchilarning natijalari sertifikatga ilova qilingan shaklda, elektron formatda
www.Olympia.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy kabinet orqali tanlovdan keyin bir oy ichida
taqdim etiladi.
5. Moliyalashtirish
Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish ishtirokchilarning ro‘yxatdan o‘tish badali hisobidan
moliyalashtiriladi. To‘lov miqdori har yili Tashkilotchi tomonidan belgilanadi.
6. Yakuniy qoidalar
6.1. Ushbu Nizom tanlovning barcha ishtirokchilari va tashkilotchilari tomonidan
bajarilishi shart.
6.2. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan nizolar Tashkilotchi
va ta’lim muassasasi ma’muriyati o‘rtasidagi muzokaralar orqali hal qilinadi.
6.3. Ushbu Nizom Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va imzolangan paytdan boshlab
kuchga kiradi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

 

24.09.2024