Olympia uchta maktabga printer sovg’a qildi! 

04.02.2021

Oktyabr oyida, “Kenguru-2020” tanlovi ishtirokchilariga sertifikatlar va sovg’alar tarqatilayotgan vaqtda, uchta maktab ham taqdirlandi. 

1-o’rin: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, 15-maktab (300 ishtirokchi) 
2-o’rin: Farg’ona viloyati, Qo‘qon shahri, 32-maktab (220 ishtirokchi) 
3-o’rin: 38-maktab, Chimboy, Qoraqalpog’iston (211 ishtirokchi) 

Nima uchun bu maktablarni tanladik? 

Aynan ularda tanlovga eng ko’p ro’yxatdan o’tganlar bo’lgan.  Ular ishtirokchilar soni bo’yicha etakchi maktablardir!! 

Rejalashtirilmagan bo’lsa-da, bu maktablar rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, ularga sovg’alar berishga qaror qildik. 

Agar siz ham 2021 yilda Olympia MChJ dan sovg’alar olishni istasangiz,  unda ishtirokchilarni ro’yxatdan (http://olympia.uz/uz) o’tkazishda faol ishtirok eting. 
Olympia.uz