Kenguru tanlovi haqida 7 ta qiziqarli fakt!

04.02.2021

1. "Kenguru" - bu 1-11 sinf o'quvchilari o'rtasida matematika fanidan o'tkaziladigan xalqaro tanlov.
2. Tanlov birinchi marta 80-yillarda Avstraliyada matematik Piter Xolloran tomonidan o'tkazilgan.
3. Piter Xolloran tanlovda murakkab, olimpiada tipidagi topshiriqlar o'rniga ochiq test shaklidagi 25 ta sodda, ammo qiziqarli vazifalarni qamrab oldi.
4. Vazifalar 3 ta qiyinlik darajasiga bo'linadi: 3 balli, 4 balli va 5 balli topshiriqlar.  Muallif, avvalo, eng iqtidorlilarni aniqlashni emas, balki o'quvchilarni matematikaga jalb qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan edi.
5. Tanlovning har bir ishtirokchisi oladigan eng asosiy narsa -  bu hayajonli muammolarni hal qilishdan olinadigan quvonch va zavqdir.
6. Xalqaro assotsiatsiya "hamma uchun esdalik" tamoyiliga amal qiladi, shuning uchun barcha ishtirokchilar ramziy mukofotlar bilan taqdirlanadilar.
7. Matematika tarixidagi eng katta musobaqalardan biri. Bugungi kunda tanlovda 80 ta mamlakat va ulardan 8 millionga yaqin maktab o'quvchilari ishtirok etmoqda.