ChIPga ro’yxatdan o’tish boshlandi!

04.11.2020

ChIPga ro’yxatdan o’tish boshlandi!

Qadrli O'zbekiston maktab o'quvchilari! Ushbu tabiatshunoslik fanidan qiziqarli tanlov mamlakatimizda birinchi marta bo'lib o'tmoqda.

Berilgan test  javoblari yorqin va tushunarli rasmlar bilan bezatilgan. (rasmga qarang) Tanlov 1-sinf uchun 15 ta, 2-sinf uchun 20 ta va 3-11-sinflar uchun 30 ta test savollaridan iborat. Berilgan beshta variantdan bitta to'g'ri javobni tanlashingiz kerak bo’ladi.

Bu kabi tanlovlar bolalarda sayyoramiz tabiatiga bo’lgan qiziqishini oshiradi va ularning dunyoqarashini kengaytiradi. Bu ayniqsa, hozirgi kunda dolzarbdir.

  • Kimlar qatnashishi mumkin: O’zR ning 1-11 sinf o’quvchilari
  • O’tkalizish tartibi: Onlayn (Olympia.uz saytida)
  • O’tkazish sanasi: 5-dekabr
  • Ishtirok etish narxi: 25,000 so’m
  • Ishtirok etish ixtiyoriy

Tanlov ishtirokchilariga sovg’a: Tanlov ishtirokchilari topshiriqlarni tugatgan zahoti Onlayn sertifikat, hamda tabiatshunoslik fani bo’yicha Evrosiyo mavzusida  yorqin rangli mualliflik kitobi.

Sizni Olympia.uz veb-saytida ro'yxatdan o'tishga taklif qilib qolamiz