CHIP (INSON VA TABIAT)

03.11.2020

Hurmatli obunachilar,  sizni "Olympia" MChJ tomonidan o‘tkaziladigan yangi tanlov bilan tanishtirmoqchimiz!

CHIP (INSON VA TABIAT) - bu Tabiatshunoslik fanidan xalqaro o'yin tanlovi. Birinchi marta Rossiyada 2010 yilda o'tkazilgan. 

Tanlovning ramzi - qiziquvchan tulkicha - CHIP. 

10 yil davomida 5 millionga yaqin o'quvchilar ushbu tanlov ishtirokchilariga aylanishdi. Tanlov savollari tabiyatshunoslik, tarix, geografiya, biologiya, astronomiya, fizika, kimyo va ekologiya kabi mavzular bilan bog'liq. Savollarga javob berish uchun ishtirokchilarga nafaqat bilim, balki kuzatish, fikrlash, umumlashtirish, tahlil va xulosa qilish qobiliyati ham kerak.

«Biz sizning tabiat bilan, tashqi dunyo bilan aloqangiz, avvalambor, fikr bilan boyitilishini istaymiz. Tanlovga tayyorgarlik ko'rish, savollarimizga javob berish bilan siz atrof muhitga boshqacha nazar tashlashingiz, hayotimiz Yer va koinot bilan qanchalik zich va xilma-xilligi, o'tlar va oyoq ostimizdagi tosh bilan bog'liqligi haqida o'ylashingiz mumkin "- Mark Ivanovich Bashmakov, akademik.

CHIP 2020-2021 tanlovining mavzusi "Evroosiyo".

Yaqinda biz Olympia.uz veb-saytimizda CHIP tanlovi uchun ro'yxatdan o'tish jarayonini boshlaymiz