Kenguru 2020 Online Tanlovi bo'lib o'tdi! 

02.11.2020

 

 

Xo'sh, natijalarni xulosa qilish vaqti keldi! 

Kenguru 2020 Online Tanlovi bo'lib o'tdi! 

Bu 5 kun butun Kenguru jamoasi va albatta Siz, aziz ishtirokchilarimiz,  uchun yorqin va g'ayrioddiy bo`ldi. 

Matematikaning sehrli dunyosi sizga eshikni ochib, yangi bilimlar, vazifalar bilan tanishtirdi va qiziqarli sarguzashtlarni namoyish etdi.

Kenguru 2020 Online Tanlovi nostandart formatda o’tkazilganligi barchamizga yangi tajriba olib keldi.  Ammo kelgusi yil Kenguru Tanlovini barcha maktablarda, Siz azizlar bilan yuzma yuz ko’rishgan holda, hursandchilikda o’tkazishni umid qilib qolamiz.

Ishtirok etganingiz, qo'llab-quvvatlaganingiz va samimiy fikrlaringiz uchun tashakkur.Jamoamizning har bir a’zosi Kenguru 2020 Online Tanlovi yuqori saviyada o'tishi uchun bor kuchlarini sarf qilishdi va 24/5 aloqada bo'lishdi.

Afsuski, ishtirokchilarning bir qismi Tanlovda qatnasha olmadi! 
Biz bilan qoling, va yangiliklardan habardor bo’ling! Tez orada Tanlovda ishtirok eta olmaganlar uchun yangilik bo'ladi. 

Eng so'nggi va ishonchli yangiliklar faqat Kenguru rasmiy kanalida va  Telegramdagi sahifamizda http://t.me/contest_kenguru_uz!