15-iyul kuni Kenguru tanlovini takrorlaymiz!

14.07.2020

 

Hurmatli "Kenguru 2020" ishtirokchilari, ko'plab murojaatlarga asosan, 3 dan 7 iyulgacha tanlovda qatnasha olmaganlar uchun qaytadan  ishtirok etish imkoniyatini beramiz. 


15 iyul, soat 9:00 dan 21:00 gacha, FAQATGINA ro'yxatdan o'tgan va to'lovni amalga oshirgan barcha sinf ishtirokchilari uchun bir kunga tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Tanlovga havola: kangaroo2020.olympia.uz

Agar sizda qandaydir savollar bo'lsa, shu yerga yozing:
https://t.me/Kangaroo2020

 

“Kenguru 2020" tanlovida qatnashish uchun tavsiyalar:

1. Google Chrome brauzeridan foydalaning
2. Google Translate avtomatik tarjimani o'chirib qo'ying
3. Agar siz tug'ilgan sanani kirita olmasangiz:
a) qo'ng'iroq markaziga qo'ng'iroq qiling va ma'lumotlarni tekshiring
b) qo'lda kiritishga urinib ko'ring
c) brauzeringizni Google Chromga o'zgartiring
4. Agar siz topshiriqlarning rasmlarini ko'rmasangiz: 
a) brauzer sozlamalaridan "rasmlarni namoyish qilmaslik" ni o'chirib qo'ying
b) brauzeringizni Google Chromga o'zgartiring

Sizga shuni eslatib o'tamizki, pdf faylida qr-kod mavjud bo’lib, bu sizga har qanday vaqtda tizim bilan ma'lumotlarni tekshirish imkonini beradi.