31.10.2019
Nima uchun tanlov Kenguru deb nomlanadi?
Musobaqa tasodifdan bunday nomlangan emas. Hamma biladiki, Kenguru Avstraliyaning ramzi hisoblanadi. Gap shundaki, u birinchi marta bizdan uzoqda joylashgan mamlakatda, XX asrning 80-yillarida ixtiro qilingan va amalga oshirilgan. Iste'dodli, avstraliyalik matematik Piter Xolloran musobaqani shunday tuzdiki, har bir bola bunda ishtirok etishi uchun.
Bir necha yil o'tgach, aniqrog'i 1991 yilda bir guruh frantsuz matematiklari ushbu musobaqani o'z vatanlarida o'tkazishga qaror qilishdi. Avstraliyalik hamkasblariga hurmat belgisi sifatida, tanlovga Kenguru nomi berishga qaror qilishdi. Dastlabki yillarda musobaqada ishtirok etganlar soni 600 mingga etdi. Ko’ngilochar “Kenguru”musobaqasining tarixi shunday boshlangan edi. Bugungi kunda bu dunyodagi eng ommaviy, intellektual musobaqalardan biri.