25.06.2020
Muhim ma'lumot
Kenguru tanlovining har bir ishtirokchisida tizimga kirish va tanlovda qatnashish uchun zarur bo'lgan noyob ID raqam mavjud. Sinfingiz uchun belgilangan kuni Olympia.uz veb-saytiga kirib, ID raqamini kiritishingiz kerak.
"Agar men ID raqamni unutib qo'ysam nima bo'ladi?" Ikkita yo`l bor! Siz uchun qulayini tanlang.
1. Olympia.uz saytiga kirib, "ID RAQAMNI ANIQLASH" tugmasini bosing.
Ro'yxatdan o'tish paytida ko'rsatilgan telefon raqamini kiriting va kerakli ma'lumotlarni oling.
2. Siz 95 515 15 00 raqam orqali ma`lumot markaziga qo'ng'iroq qilishingiz va operatorning bir nechta savollariga javob berish yo`li bilan ID raqamini olishingiz mumkin.
Uni albatta saqlab qo`ying. Kenguru 2020 Onlayn tanloviga kirish uchun ID raqam kerak. ️