U QAYTMOQDA!

05.10.2026

U QAYTMOQDA!

Uzoq tanaffusdan so‘ng “Olympia” MChJ O‘zbekistonda ЧиП — “Inson va tabiat” tanlovini yana o‘tkazishni boshlaydi! 

Bu — tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro tanlov bo‘lib,

unda shunchaki to‘g‘ri javobni bilishning o‘zi yetarli emas. Ishtirokchilar kuzatishi, fikrlashi,

taqqoslashi va xulosa chiqarishi kerak.

Tanlov savollari bolalarni atrofimizdagi hayratlanarli olam ya'ni tabiat, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, Yerda sodir bo‘ladigan turli hodisalar va atrof-muhit bilan yaqindan tanishtiradi.

Ishtirokchilarga esa tanlov ramzi — qiziquvchan tulkivoy Chip hamrohlik qiladi.

Bu yilgi mavzu:
“Bizning sayyoramiz — Yer. Jonsiz tabiat” 

Tanlov Toshkent shahrida oflayn tarzda o‘tkaziladi.
12-dekabr, 2026-yil

Eng muhimi — biz Olympia.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishni ochishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz!

Yangiliklarimizni kuzatib boring. Tez orada ro‘yxatdan o‘tish sanalari, ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumot beramiz va ro‘yxatdan o‘tishni ochamiz.

ЧиП qaytmoqda! Biz bolalarni ushbu ajoyib tanlov bilan yana tanishtirishdan juda xursandmiz! 

Olympia — intellektual tanlovlar tashkilotchisi