"Kenguru" tanlovi qayerda o‘tkaziladi?

15.01.2026

"Kenguru" tanlovi qayerda o‘tkaziladi?

Bu savol bizga juda ko‘p beriladi.

Shu savolga tushuntirish bermoqchimiz: o‘tkaziladigan joylar ro‘yxatdan o‘tish tugagandan so‘ng aniqlanadi. Tanlovni har bir maktabda emas, markazlashgan holda o‘tkazamiz. Barcha ishtirokchilarni eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgan maktablarga taklif qilamiz.

Bu qanday ishlaydi:
Biz har bir viloyat, shahar va tumanni alohida ko‘rib chiqamiz!

1️⃣ Har bir maktab bo‘yicha nechta o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tganini tekshiramiz.
2️⃣ Ishtirokchilar soni eng ko‘p bo‘lgan maktablarni tanlaymiz.
3️⃣ Maktab direktori bilan kelishib, o‘tkazish joyini tasdiqlaymiz.
4️⃣ Shu hududdagi barcha ishtirokchilarni tasdiqlangan manzilga taklif qilamiz.
5️⃣ Tanlovdan bir hafta oldin siz o‘zingiz uchun o‘tkazish joyi ko‘rsatilgan ruxsatnomani yuklab olasiz. 
6️⃣ Tanlov o‘tkaziladigan maktabga barcha zarur materiallarni yetkazib beramiz.
7️⃣ Tanlov kuni sizni yaxshi kayfiyat va ruxsatnoma bilan kutib qolamiz.

Shunday qilib, tanlov har doim ko‘pchilik uchun qulay bo‘lgan joyda o‘tkaziladi.

Shuning uchun hozir eng muhimi - ro‘yxatdan o‘tish.

Tanlovga yaqin biz "Kenguru"ning aynan qayerda o‘tkazilishini e’lon qilamiz.

Ro‘yxatdan o‘tish bizning botimiz https://t.me/Olympia_uz_bot orqali amalga oshiriladi!