27.10.2025

KENGURU — DUNYODAGI ENG KATTA XALQARO MATEMATIKA TANLOVI
Xalqaro Kangourou sans Frontières (AKSF) assotsiatsiyasining yillik yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, 2025-yilda “Kanguru” tanlovida 116 mamlakatdan 6,5 milliondan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.
Bu natija “Kanguru” tanlovining dunyodagi eng ommaviy ta’limiy tanlov maqomini yana bir bor tasdiqlaydi. U millionlab o‘quvchi va o‘qituvchilarni birlashtiradi, ularni matematikani sevishga va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga undaydi.
O‘zbekiston ham ushbu xalqaro hamjamiyatning faxrli a’zosi bo‘lib, bu yerda ishtirok etishning o‘zi g‘alabaga tengdir.