CHIP (INSON VA TABIAT) - bu Tabiatshunoslik fanidan xalqaro o'yin tanlovi. Birinchi marta Rossiyada 2010 yilda o'tkazilgan.
Tanlovning ramzi - qiziquvchan tulkicha - CHIP.
16 yil davomida 7 millionga yaqin o'quvchilar (1-11 sinflar) ushbu tanlov ishtirokchilariga aylanishdi. Tanlov savollari tabiyatshunoslik, tarix, geografiya, biologiya, astronomiya, fizika, kimyo va ekologiya kabi mavzular bilan bog'liq. Savollarga javob berish uchun ishtirokchilarga nafaqat bilim, balki kuzatish, fikrlash, umumlashtirish, tahlil va xulosa qilish qobiliyati ham kerak.
«Biz sizning tabiat bilan, tashqi dunyo bilan aloqangiz, avvalambor, fikr bilan boyitilishini istaymiz. Tanlovga tayyorgarlik ko'rish, savollarimizga javob berish bilan siz atrof muhitga boshqacha nazar tashlashingiz, hayotimiz Yer va koinot bilan qanchalik zich va xilma-xilligi, o'tlar va oyoq ostimizdagi tosh bilan bog'liqligi haqida o'ylashingiz mumkin "- Mark Ivanovich Bashmakov, akademik.
Bu yilgi mavzu: “Bizning sayyoramiz — Yer. Jonsiz tabiat”
CHIPga tayyorgarlik - https://t.me/Olympiauz
1. Tanlov sanasi va o‘tkazilish shakli
Tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro ChIP — «Inson va tabiat» tanlovi 2026-yil 12-dekabr kuni Toshkent shahrida oflayn shaklda o‘tkaziladi.
Tanlovda 1–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
2. Tanlov o‘tkaziladigan joy
Tanlov Toshkent shahridagi tasdiqlangan maydonlarda markazlashtirilgan holda o‘tkaziladi.
Tanlov o‘tkaziladigan aniq manzil ro‘yxatdan o‘tish yakunlangandan so‘ng ishtirokchilarga ma’lum qilinadi.
3. Topshiriqlar formati
Tanlov rangli va rasmli test topshiriqlari shaklida o‘tkaziladi. Har bir savol uchun bir nechta javob variantlari beriladi va ulardan bitta to‘g‘ri javobni tanlash kerak.
Topshiriqlar ishtirokchilarning yoshiga mos ravishda sinflar bo‘yicha tuziladi.
4. Tanlov mavzusi
2026-yilgi tanlov mavzusi:
- «Bizning sayyoramiz — Yer. Jonsiz tabiat»
Topshiriqlarda Yer va Quyosh tizimi, materiklar va okeanlar, xaritalar, yil fasllari, tabiat hodisalari hamda jonsiz tabiatning boshqa obyektlariga oid savollar uchrashi mumkin.
Topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarish uchun nafaqat maktabda olingan bilimlar, balki kuzatish, taqqoslash, fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish qobiliyati ham muhim.
5. Tanlov tillari
Tanlov o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.
6. Ishtirok etish narxi
Tanlovda ishtirok etish narxi — 150 000 so‘m.
Ro‘yxatdan o‘tish faqat to‘lov to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng haqiqiy hisoblanadi.
7. Ishtirokchilarni taqdirlash
Har bir ishtirokchi:
- ishtirokchi sertifikati
- tashkilotchilardan esdalik sovg‘asi oladi.
Tanlov natijalari ishlar tekshirilgandan so‘ng e’lon qilinadi.
8. Topshiriqlarni mustaqil bajarish
Ishtirokchilar tanlov topshiriqlarini mustaqil bajarishlari shart. Tanlov vaqtida ota-onalar yoki o‘qituvchilarning yordamidan, telefon, internet va boshqa qo‘shimcha manbalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
9. Ro‘yxatdan o‘tish
Tanlovda ishtirok etish uchun chip.olympia.uz sayti orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Tanlov o‘tkaziladigan joylardagi ishtirokchilar soni cheklangan bo‘lishi mumkin.
- Tanlov sanasi: 2026-yil 12-dekabr
- Toshkent | oflayn
- 1–11-sinflar
- O‘zbek va rus tillarida
- Ishtirok etish narxi: 150 000 so‘m
O‘zbekistondagi tanlov tashkilotchisi — «Olympia» MChJ.