“Olympia” kompaniyasi “Kundalik” platformasida yutuqli oilaviy tanlov tashkil qilmoqda
Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha oilalar uchun ta’lim tanlovi tashkil etiladi, unda barcha ishtirokchilar sovg‘alarga ega bo‘ladilar. Oilaviy tanlovning birinchi bosqichi “Kundalik” platformasida 2023-yil 3-iyun kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bosqich 2023-yil 17-iyun kuni oflayn tarzda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Tanlovning mukofot jamg‘armasi 200 000 000 so‘mni tashkil qiladi.
“Olympia” kompaniyasi Association Kangourou sans Frontières, “Chegara bilmas Kenguru” assotsiatsiyasining rasmiy vakili boʻlib, dunyoning 92 dan ortiq mamlakatlarida oʻtkaziladigan xalqaro matematika tanlovidir. 2017-yildan buyon O‘zbekistondagi maktab va bog‘chalarda xalqaro, ommaviy, ta’lim tanlovlari tashkil etib kelmoqdamiz. Tanlovda eng qulay va xavfsiz ishtirok etish uchun barcha maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari uchun qulay va taniqli manba sifatida “Kundalik” platformasini tanladik.
“Kundalik” bilan hamkorlikda tashkil etayotgan “Oilaviy tanlov” g‘oyasi O‘zbekistondagi barcha oilalarga bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan birga vaqt o‘tkazish, maroqli hordiq chiqarish va munosib sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatini berishdan iborat. Bolalar juda tez o'sadi va ularning baxtli bolalik xotirasida eng muhimi bu oila, qarindoshlar va do‘stlar bilan o‘tkazgan vaqtidir. Bizning “Oilaviy tanlov” bilimni sinab ko‘rish uchun bo‘sh vaqt emas, balki butun oila - bir maqsad sari intilayotgan bir jamoa bo‘lgan tabassum, his-tuyg‘ular, zavq va bebaho vaqtdir, – deydi “Olympia” kompaniyasi direktori Firuza Abdullayeva.
Tanlov turli qiyinchilikdagi 30 ta topshiriq va 4 ta javob variantini o‘z ichiga oladi, vazifani bajarish uchun ajratilgan vaqt 60 daqiqadan iborat. Savollar tabiatshunoslik, mantiqiy matematika, fizika, geografiya, astronomiya kabi fanlar asosida tuziladi. Shuningdek, kinomatografiya mavzusi, multfilmlar, dunyoqarash va bilimni sinab ko‘rish uchun mantiqiy topshiriqlardan iborat bo‘ladi.
Har bir jamoa uchun kafolatlangan sovrin - raqamli ta’lim resurslaridan bepul foydalanish, ishtirokchining sertifikati. II-bosqichga o‘tgan I-bosqich natijalariga ko‘ra eng kuchli 50 ta jamoa uchun kafolatli sovrin - planshet. II bosqichda g‘olib bo‘lgan 5 jamoa uchun bosh sovrin 20 000 000 so‘mdan tashkil etadi.
I-bosqich g‘oliblari to‘g‘ri javoblar soni va sarflangan vaqtga ko‘ra aniqlanadi.
Eng qisqa vaqt ichida eng ko‘p ball to‘plagan jamoa II bosqich g‘olibi hisoblanadi.
Natijalarni to‘plash va qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tanlov rus va oʻzbek tillarida boʻlib, ishtirok etish narxi 33 000 soʻm. Ishtirok etish ixtiyoriydir.
Ishtirok etish uchun arizani to‘lov oynasidagi havolada qoldiring
Telefon: +998 555 200 500
Savollar uchun Telegram boti: https://t.me/semeyniy_konkurs_bot
Ro'yxatdan o'tish uchun: https://kundalik.com/billing/paidAccess/paymentPage